Toshkentda patrul xizmati avtomobillari o‘zgarmoqda (foto)

14:11 24 Iyun 2018 Jamiyat
642 0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmatining avtoparki bosqichma-bosqich yangilab borilmoqda. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yangi avtomobillar inspektorlarning kundalik xizmati uchun zarur bo‘lgan barcha zarur aloqa vositalari hamda tashqi va salon ichini doimiy tasvirga olishga mo‘ljallangan kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Shuningdek, post-patrul xizmati avtomobillari ham yangi dizaynga ega bo‘lgan. “Bu tizimda olib borilayotgan o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lib, Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qo‘yayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?