Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimiz qiyofasini buzayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?

14:09 13 Fevral 2019 Jamiyat
560 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Har bir millatni oʻz tomiridan ajratib, manqurtga aylantirishni rejalashtirgan gʻarazli oqimlar “ommaviy madaniyat”ning turli koʻrinishlarini pinhoniy tarzda amalga oshira borishadi.

Xoʻsh, Toshkent shahrining husniga soya solib turgan dogʻlardan qanday xalos boʻlish lozim?

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

* Yaqin yillarda Alisher Navoiy metro bekatining marmar devorlari va pannolarning rangi unniqib qoldi”, degan bahonani roʻkach qilib oddiy qurilish moyboʻyogʻi bilan “yangilamoqchi” boʻlishganida, tarixiy binolarga, meʼmoriy obidalarga va sanʼat asarlariga bepisand, “yovvoyilarcha“ munosabat birinchi marta uchramayotgani keng jamoatchilikning haqli eʼtiroziga sabab boʻlgan edi. Shu tariqa “shoʻro mafkurasiga xizmat qilgan” bahonasida johillarcha buzib tashlangan haykaltaroshlik yoki rassomlik asarlarining achchiq qismatidan bekat saqlanib qolgani nechogʻli toʻgʻri boʻlganini bugungi kunda barcha birdek eʼtirof etadi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

* Sayilgoh koʻchasidagi ajdaho mohiyatini farzandingiz bilan Xitoyga sayohatga borganingizda tushuntira olishingiz mumkin, ammo bu yerda, yana Oʻzbekiston davlatining poytaxti boʻlgan Toshkentning qoq markazida qanday tushuntirasiz? Xitoydan keb qopti, deysizmi? Bundan ham battari —Toshkent shahrining istalgan nuqtasida koʻzingiz tushishi mumkin boʻlgan “I love Tashkent” degan yozuv mohiyatini, qayerdan kelib chiqqanini, nimani anglatishini qanday tushuntirib bera olasiz?

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

* Bir kuni xorijdan kelgan millatdosh tanishim poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyini koʻrish istagi borligini bildirdi. Katta yoʻlga chiqib, taksi toʻxtatdik. Qayerga borishimiz kerakligini aytdik. Haydovchi boshini qashib qoldi. Amir Temur xiyobonini bilmaysizmi, deya uning yonida yana qanday inshootlar joylashganini tushuntira boshlasam, esiga kelib qolib, “e-ha, skver demaysizmi?” desa boʻladimi? Mehmonning oldida xijolatpazligimni qanday yashirishni bilmay tursam, haydovchi oʻlganning ustiga tepgandek qilib, “Ugolok”ka borasizlarmi?” deydi.

Bugungi kunda “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunda reklama tayyorlovchi va reklama beruvchining majburiyatlarini qayta koʻrib chiqish zaruriyati mavjud. Negaki, yoʻl qoʻyilgan imlo xatolar uchun kimdir javobgar boʻlishi kerak. “Biz ish boshladik”ning oʻrniga “Biz ochildik” qabilidagi tuturiqsiz iboralar koʻp. Bundaylarga qonunda tegishli tartibda jarimalar qoʻllash hamda reklama tayyorlovchi til boʻyicha mutaxassis shtat birligini tashkil qilishi shartligini qonuniy belgilab qoʻyishimiz lozim. Qonunda“yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalarining roziligi bilan oʻzbek tiliga joriy etiladi”, deb koʻrsatilgan. Amal qilishga kelganda, odatdagidek, oqsab qolyapmiz.

Mazkur maqolaning toʻliq koʻrinishini “Xalq soʻzi” gazetasining 14 fevraldagi sonida oʻqishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?