Yoshlarning qanchasi oʻz reproduktiv huquqidan boxabar?

16:03 08 Aprel 2019 Jamiyat
258 0

Illyustrativ foto

Yaqinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan fuqarolarning reproduktiv bilimlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq xususidagi tushunchalarini aniqlash maqsadida ijtimoiy soʻrov oʻtkazildi.

Afsuski, aholi “reproduktiv salomatlik” va “reproduktiv huquq” kabi tushunchalardan yetarli darajada boxabar emas. Soʻrovda qatnashganlarning faqatgina 37,2 foizi “resproduktiv salomatlik” atamasini bilishini qatʼiy tasdiqlagani, 23 foizi esa “reproduktiv huquq” nima ekanligini bilishi shundan dalolat berib turibdi. Boz ustiga, yoshlar oʻrtasida bunday muhim tushunchalardan bexabarlik keng tarqalgan. Chunki 18-19 yoshdagi soʻrov ishtirokchilaridan faqatgina 19,1 foizi “reproduktiv salomatlik”, 10,6 foizi esa “reproduktiv huquq”dan xabari borligini taʼkidlagan.

Shunday ekan, yoshlarning huquqiy va tibbiy tafakkuri hamda madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa, navqiron avlod oʻrtasida keng targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda olib borish boʻyicha ishlarni faollashtirish lozim. Bunday faoliyat oilada tibbiyot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qilinishi darkor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?