Yoshlarimiz jahon chempionatida kumush va bronza medallari bilan cheklanishdi

14:39 24 Sentyabr 2018 Sport
1104 0

Slovakiyaning Trnava shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Nufuzli musobaqaning yunon-rum kurashi bahslarida Mahmud Bahshilloyev, ayollar kurashida esa Aktenge Keunimjayeva va Nabira Yesenbayeva kumush medalni qoʻlga kiritdi. Yana bir vakilimiz Hasanboy Rahimov (-125 kg.) erkin kurash bellashuvlarida bronza medaliga sazovar boʻldi.

Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan 3ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?