Yoshlari sardorlariga viloyat hokimi noutbuklar sovgʻa qildi

14:54 31 Oktyabr 2019 Jamiyat
224 0

Kuni-kecha Termiz shahridagi Yoshlar markazida taʼlim, sanʼat, madaniyat, sport va boshqa yoʻnalishlarda yuksak natijalarga erishib kelayotgan yigit-qizlar hamda uyushmagan yoshlar vakillari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilgandi. Mazkur muloqotda yoshlar tomonidan oʻrtaga tashlangan muammo, taklif va tashabbuslarni hal etishga kirishildi. Jumladan, yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashining Sardorlar kengashi xonasini zarur mebel va orgtexnika bilan taʼminlash bilan bogʻliq murojaat viloyat hokimi tomonidan qisqa fursatda hal etildi. Bugun viloyat hokimligida 10 nafar viloyat Sardorlar kengashi sardorlariga eng soʻnggi modeldagi noutbuk topshirildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning qiziqishlari, orzu-umid va intilishlari davlat va jamoatchilikning doimiy eʼtibor markazida boʻladi, dedi. Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq kelajagi taʼminlashda yuqori intellektual salohiyatga ega, azmu-shijoatli, el-yurtimizning ravnaq topishiga xayrixoh yoshlar faoliyati bilan chambarchas bogʻliq ekanligini taʼkidladi.

Ilhom Rahmatov, 
“Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?