Yoshlar teleradiokanaliga yangi direktor tayinlandi

11:01 25 Sentyabr 2018 Jamiyat
1702 0

Nozimjon Moʻminov Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Yoshlar teleradiokanaliga vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Nozimjon Moʻminov bunga qadar Yoshlar teleradiokanali AJ direktorining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Nozimjon Moʻminov 1976 yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Fargʻona davlat universiteti, Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Yoshlar telekanaliga rahbarlik qilib kelgan Madamin Safarov Oʻzbekiston 24 telekanaliga direktor etib tayinlangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?