Yoshlar parlamenti a'zolari afv etilgan tengdoshlarini qoʻllab-quvvatlashga doimo shay

10:52 31 Avgust 2020 Siyosat
172 0

Maʼlumki, Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz tomonidan "Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. 

Ushbu hujjatga muvofiq 113 nafar fuqaro orasida 35 nafar yosh avlod vakili ham muddatidan ilgari ozodlikka chiqib, oʻz oilalari bagʻriga qaytdilar.

Fargʻona tumanining soʻlim Vodil qishlogʻida istiqomat qiluvchi 25 yoshli Gulnoraxon uchun ham bu chinakam shodiyona boʻlganligini yashira olmadi. Notoʻgʻri qoʻygan qadami sababli mehribon ota-onasining yuzlarini yerga qaratib, ularning mehridan uzoqda oʻtgan uch yarim yil muddat, unga bir umrdek tuyulganligini, endilikda bunday xatoga yoʻl qoʻymasligi, ularning yonlarida xizmatlarini qilib, duolarini olishligini va oʻzining ham tibbiyot xodimi boʻlish orzuni amalga oshirish niyatida ekanligini, shu bilan oʻz Vataniga, odamlarga xizmat qilishini aytib oʻtdi.

Yoshlar parlamenti aʼzolari mana shunday chin koʻngildan qilgan ishlariga pushaymon boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, koʻmak berish yoʻlida doimo shaydir.

Fayzullo Mirzayev,
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining
ilm-fan, madaniyat va turizm masalalari komissiyasi aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?