Boks: Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida Andijon viloyati birinchi boʻldi

16:57 17 Sentyabr 2018 Sport
197 0

 

9-16 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks boʻyicha 2000-2001 yillarda tugʻilgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib utdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi uchun munosib zaxirani saralab olish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan jami 220 nafar bokschi ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida 1 – oʻrin Andijon viloyati bokschilariga nasib qilgan boʻlsa, buxorolik yosh charm qoʻlqop ustalari 2-oʻrinni egallashdi. Kuchli uchlikni esa Fargʻona viloyati terma jamoasi yakunlab berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?