Yoshlar kelajagiga poydevor

14:58 17 Avgust 2019 Jamiyat
254 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Keskanterak”qishlogʻida tashabbuslar maskani foydalanishga topshirildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Maskanda Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, unda oʻgʻil-qizlar jamiyatning aʼzosi sifatida oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishi, yangilanishlarning shunchaki kuzatuvchisi emas, balki faol ishtirokchisi boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

- Ushbu maskandagi kutubxona tengqurlarim uchun ulugʻ ayyom arafasida ajoyib sovgʻa boʻldi, - deydi “Navoiy vorislari” kitobxonlar tanlovi gʻolibi, tumandagi 34-maktab oʻquvchisi Marjona Nodirqulova. – Tabiiyki, bu biz kitobxonlar safining yanada kengayishiga xizmat qiladi. Kitobxonlik barcha muvaffaqiyatlarning kalitidir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shuningdek, markazda “WI-FI” hududi tashkil etilgan boʻlib, mazkur hududda yoshlar kompyuter va axborot texnologiyalari boʻyicha oʻz bilimlarini oshirishlari, yangi-yangi dasturlar yaratishlari uchun qulayliklar mavjud.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

- Yoshlarimizga yaratilgan sharoitlar ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan birga, yagona, ezgu maqsad atrofiga ham birlashtirishi, biz keksalarni nihoyatda xursand qilmoqda, - deydi mehnat faxriysi Ochil Nurnazarov. – Eng muhimi, bu yer nafaqat yoshlar balki biz yoshi ulugʻlarning ham sevimli, soʻlim maskanimiz boʻlmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Markazda sportsevar yoshlar uning yetti turi bilan shugʻullanishlari hamda turli musobaqalar orqali oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishlari uchun sportzal, sunʼiy qoplamalari oʻyin maydonchasi barpo etilgan. Shu munosabat bilan mazkur mahallada voleybol, qoʻl toʻpi va futbol jamoalariga asos solindi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

- Markazda qishloq qizaloqlari sportning badiiy gimnastika turi bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratib, bir nafar murabbiyni tajriba va malaka oshirishga yoʻlladik, - deydi viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Shahlo Narziyeva. – Shuningdek, yana bir qator ommaviy turlar boʻyicha klublar oʻz faoliyatini boshlaydi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Taʼkidlash joizki, “Keskanterak”da ham yoshlar, xususan qiz-juvonlar bandligi dolzarb masala. Shu bois ushbu markazda tashkil etilgan ustoz-shogird yoʻnalishidagi oʻquv kursi va tikuv sexi qishloq yoshlarini oʻz atrofiga birlashtirgan. Mazkur kurs nihoyasida uning tinglovchilariga imtiyozli kredit asosida dastgohlar taklif etiladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bir soʻz bilan aytganda markaz mazkur qishloqda ham yoshlar kelajagiga mustahkam poydevor boʻladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?