“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mustaqil NNT sifatida qayta tashkil etiladi

19:52 30 Iyun 2020 Hujjatlar
71 0

“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yana-da rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Agentlik hududlar kesimida ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantiradi hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasi shakllantiradi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni doirasidagi:

hamda boshqa qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi

mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi;

loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Jamgʻarma 2021-yil 1-yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?