Yoshlar ittifoqi loyihasi yoshlar bandligini taʼminlaydimi?

16:16 23 Avgust 2019 Jamiyat
151 0

Oʻrta maxsus taʼlim bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish, ularni bandligini taʼminlash Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida “Yoshlar press-klubi”ning navbatdagi anjumanida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Navbatdagi sessiya “Men boʻlmoqchiman” loyihasi doirasida tashkil etilib, u yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida kasbga yoʻnaltirish xarakteriga ega boʻlgan loyiha hisoblanadi.

“Men boʻlmoqchiman” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ xodimlari va 120 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etganlarning asosiy qismini 16-30 yoshdagi yoshlar tashkil etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi kasb-hunar kollej, akademik litsey va umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali kasb tanlashga koʻmaklashish ekanligi tadbirda alohida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, koʻzda tutilgan maqsadlardan yana biri yoshlarni kasb tanlashlari uchun bugungi kundagi mavjud mutaxassisliklar va yoʻnalishlarda yuqori natijalarga erishgan kasb egalari bilan yaqindan tanishtirish, muvaffaqiyatga erishgan kasb egalari bilan oʻzaro tajriba almashish tizimini yaratish hamda ushbu kasb egalarini faoliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ochiq eshiklar kunini tashkil etishdan iborat.

Sohibjon HOTAMOV


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?