Yoshlar Ittifoqi huzuridagi jamgʻarma 2019 yilda 1,9 trillion soʻmlik 7 mingga yaqin loyihani amalga oshiradi

12:32 18 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
710 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining navbatdagi kuzatuv kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan oʻtgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berildi. Jumladan, 2018 yilda 3 ming nafardan ortiq yoshlarga baliqchilik, bogʻdorchilik, ishlab chiqarish va savdo shahobchasi tashkil etish uchun jami 2,5 ming gektar yer maydoni hamda 239 foydalanilmay turgan boʻsh bino ajratildi.

Davlat dasturi ijrosi natijasida, 2018 yilda 32 ming 343 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, yoshlarni fermer xoʻjaliklariga biriktirish boʻyicha “Bir fermerga bitta yosh” loyihasi doirasida 11 ming 264 nafariga 11 ming 143 gektar yer maydoni ajratilib, takroriy ekinlar parvarish qilindi.

Joriy yilda yoshlarning 1,9 trillion soʻmlik 7 mingga yaqin loyihasi, 61,5 milliard soʻmlik 413 yoshlar mehnat guzari va kovorking markazlari, jamgʻarma ulushi bilan ishtirok etadigan tadbirkorlik loyihalarining manzilli roʻyxati shakllantirilib, moliyalashtirish ishlari rejalashtirilgan. Natijada yil yakuniga qadar 70 mingta yangi ish oʻrini yaratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?