Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi

11:05 04 Sentyabr 2019 Jamiyat
516 0

Illyustrativ foto

Qonunchilikka koʻra, yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab, har oyda qoʻshimcha toʻlov toʻlash belgilangan boʻlib, hozirda mazkur toʻlov miqdori 223 ming soʻmni tashkil etadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlumot berdi.

Bunda:

100 yoshga toʻladigan fuqarolarning pensiyasiga qoʻshimcha toʻlov shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qoʻshib toʻlanadi;

qoʻshimcha toʻlovni toʻlash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?