“Yosh yongʻin oʻchiruvchi” va “Oʻzbekiston IX-chempionati” musobaqalarining gʻoliblari aniqlandi

12:15 03 Iyun 2019 Jamiyat
171 0

Musobaqaning har bir turini kuzatib, baholab kelayotgan hakam va murabbiylar tomonidan eng yaxshi natija koʻrsatgan gʻolib terma jamoalar aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 31-may kuni musobaqa shartlariga koʻra ishtirokchilar ishgʻol qilish narvonida oʻquv minorasiga koʻtarilish turi boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Shu kuni dastur asosida tadbirning tantanali ochilish marosimi oʻtkazilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Musobaqalarning ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining koʻrgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Koʻrgazmali chiqish va konsert dasturidan soʻng, musobaqaning 4x100 metrli yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi turi oʻtkazildi.

1-iyun kuni esa musobaqaning 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish turi boʻlib oʻtdi va nazariy shartlarga koʻra, musobaqa ishtirokchilarining yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilim saviyalari test sinovlari orqali aniqlandi.

Musobaqaning har bir turini kuzatib, baholab kelayotgan hakam va murabbiylar tomonidan eng yaxshi natija koʻrsatgan gʻolib terma jamoalar aniqlandi. Jumladan,

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh yongʻin oʻchiruvchi” musobaqasi boʻyicha:

“Ishgʻol qilish narvonida oʻquv minorasining 3-qavatiga koʻtarilish” turi boʻyicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (36.57 soniya bilan), Toshkent viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (37.28 soniya bilan) hamda Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (37.93 soniya bilan) egalladilar.

“Yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi” turi boʻyicha boʻyicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (62.31 soniya bilan), Andijon viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (64.06 soniya bilan) hamda Xorazm viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (66.87 soniya bilan) qoʻlga kiritdilar.

“100 metrga toʻsiqlar osha yugurish” turi boʻyicha Andijon viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (54.30 soniya bilan), Namangan viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (55.54 soniya bilan) hamda Jizzax viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (56.24 soniya bilan) egalladilar.

Nazariy shartlarga koʻra, “Yongʻin xavfsizligi sohasiga oid test sinovlari” turi boʻyicha 22 balli tizimda Buxoro viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (22 ball), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (21 ball) hamda Toshkent shahar terma jamoasi 3-oʻrinni (19 ball) qoʻlga kiritdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, har bir jamoa ishtirokchilarining koʻrsatgan natijalari va test sinovlaridan toʻplagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar boʻyicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻringa, Andijon viloyati terma jamoasi 2-oʻringa hamda Sirdaryo viloyati terma jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldilar.

Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi chempionati” musobaqasi boʻyicha:

“Ishgʻol qilish narvonida oʻquv minorasining 2-qavatiga koʻtarilish” turi boʻyicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (15.52 soniya bilan), Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (15.80 soniya bilan) hamda Navoiy viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (15.89 soniya bilan) egalladilar.

“Yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi” turi boʻyicha boʻyicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (64.64 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (66.31 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (67.43 soniya bilan) qoʻlga kiritdilar.

“100 metrga toʻsiqlar osha yugurish” turi boʻyicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (35.94 soniya bilan), Buxoro viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (36.39 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (37.69 soniya bilan) qoʻlga kiritdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, har bir jamoa ishtirokchilarining koʻrsatgan natijalari boʻyicha toʻplagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar boʻyicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-oʻringa, Navoiy viloyati terma jamoasi 2-oʻringa hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldilar.

Hududlardan tashrif buyurgan qizlar terma jamoalari oʻrtasida “Yosh yongʻin oʻchiruvchi” musobaqasi boʻyicha:

“Ishgʻol qilish narvonida oʻquv minorasining 2-qavatiga koʻtarilish” turi boʻyicha Toshkent viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (8.22 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (8.78 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (9.03 soniya bilan) egalladilar.

“Yongʻin oʻchiruvchilar estafetasi” turi boʻyicha boʻyicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (75.12 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (76.47 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi aʼzosi 3-oʻrinni (77.43 soniya bilan) qoʻlga kiritdilar.

“100 metrga toʻsiqlar osha yugurish” turi boʻyicha Sirdaryo viloyati terma jamoasi 1-oʻrinni (18.76 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-oʻrinni (19.66 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-oʻrinni (19.92 soniya bilan) qoʻlga kiritdilar.

Barcha gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?