Yosh tadbirkor maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etdi

18:49 03 Iyul 2020 Jamiyat
243 0

Illyustrativ foto

Yosh ishbilarmon Umid Xalloqovning tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etildi. Bu Romitan tumanida davlat-xususiy sherikchilik asosida ish boshlagan yettinchi shunday maskandir.

— 100 oʻrinli muassasamiz qurilishiga oʻtgan yilda kirishgandik,-deydi tadbirkor. — Bunda bank tomonidan ajratilgan 1 milliard 400 million soʻm miqdoridagi mablagʻ juda qoʻl keldi. Maskanimizda bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xorijiy tillarni oʻrganishlari, gimnastika va kurash bilan shugʻullanishlari, vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun zamonaviy shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Hozir karantin tartib-qoidalariga amal qilgan holda bolalar qamrovini shakllantiryapmiz. 20 nafar kichkintoyni imtiyozli tarzda qabul qilamiz.

Aytish joizki, ayni paytda tumanda 31 ta davlat, 32 ta oilaviy va 7 ta davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud.

Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?