Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha yangi qaror qabul qilindi

16:09 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
77 0

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlangʻich badal Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻliq toʻlab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga toʻlanadi.

2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

- dastlabki badallar hamda kredit boʻyicha birinchi besh yildan keyingi foiz toʻlovlari yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

-kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?