Yosh harbiy xizmatchilar “Temur tuzuklari"ni qay darajada biladi?

10:06 21 Avgust 2019 Jamiyat
90 0

“Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining Namanganda oʻtkazilgan viloyat bosqichi ishtirokchilari misolida bu savolning javobi bir qadar aniqlandi. Unda 13 nafar yosh harbiy xizmatchi “Amir Temurning harbiy saboqlari” hamda “Amir Temur oʻgitlari bilimdoni” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini oʻrganish hamda tahlil etish, buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targʻib etishni maqsad qilgan ushbu tanlov Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan.

Tanlov ishtirokchilari buyuk sarkarda bobomiz meros qilib qoldirgan harb ilmini saboq bilan egallayotganliklarini namoyish qildilar. Yakunda Mudofaa vazirligiga qarashli 07648 sonli harbiy qism oddiy askari Odilbek Hasanov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?