Yosh dzyudochilarimiz Belarusda oʻtkazilgan xalqaro turnirda 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

17:12 25 Mart 2019 Sport
306 0

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Belarus davlatining Gomel shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yil ikkinchi bor tashkil etilgan anʼanaviy ”Prayd Kubogi”da dunyoning 11 davlatidan 1000 nafarga yaqin oʻsmir dzyudochilar ishtirok etishdi. Turnirda 2006-2007, 2008-2009 hamda 2010-2011 yillarda tavallud topgan sportchilar alohida uch guruhga boʻlingan holda medallar uchun kurash olib borishdi. Yurtimiz sharafini esa Oʻlmas Gulliyev murabbiyligidagi yosh polvonlar himoya qilishdi.

Eʼtiborlisi, hamyurtlarimizdan 3 nafari taqdirlash marosimida shohsupaga koʻtarildilar. Xususan, Inom Bahodirov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor boʻldi. Ubaydulloh Botirov va Inoyatullo Telmonov esa bronza medalni qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?