Andijonda yong‘in natijasida uy va mashina yonib ketdi

15:59 25 May 2018 Jamiyat
1251 0
Illyustrativ foto

Andijon viloyatida elektr jihozlarini ishlatishdagi ehtiyotsizlik sabab uy va Cobalt rusumidagi avtomashina yonib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, 24 may kuni Andijon tumanida yashovchi A.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, oqibatda uyning 80 kv.m. maydonida tom, shift qismi va uy jihozlari hamda hovlisida turgan Cobalt rusumli avtomashinasi to‘liq yonib zarar ko‘rgan.

Uy egasi A.E. esa kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Dastlabki surishtiruv natijasida yong‘in uy oshxonasida elektr isitish pechiga suv qo‘yib, qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?