Yongʻin oʻchiruvchi kvadrotsikl yaratildi

07:53 09 Fevral 2019 Iqtisodiyot
659 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yongʻin oʻchiruvchi kvadrotsikl yaratildi.

“Uz Dong Yang Ko” qoʻshma korxonasida takomillashtirilgan ushbu vosita avtomashina harakatlanishi uchun eng noqulay hisoblangan yoʻllarda ham bemalol yura oladi. Ayniqsa, shahar sharoitidagi tirbandliklar, tor koʻchalarda manzilga kirib borish uning uchun choʻt emas.

— Kvadrotsikl 100 litr hajmli suv sigʻimi, kichik motopila, 16 metr shlang, mobil aloqa vositasi, ovozkuchaytirgich, sirena bilan taʼminlangan, — deydi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Jasurbek Karimov. — Shuningdek, undan joylarda patrul xizmatini, aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini tashkil etishda ham foydalansa boʻladi. Shu bois uni “Yongʻin oʻchirish patruli” deb nomladik.

Bugina emas, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati bilan ham yangi moslama vujudga keldiki, uning natijasida yongʻin paytida 5 kishi tomonidan amalga oshiriladigan yumushlar bir kishi tomonidan bajarilishiga erishildi. Bu ishni tez va sifatli tashkil qilish imkonini beryapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?