Yong‘in bomba yordamida o‘chirildi

19:03 27 Iyul 2018 Dunyo
346 0
Иллюстратив фото

Shvetsiyada bomba yordamida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga harakat qilindi. Bu haqida The Local manbasi xabar berdi.

Bomba mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli JAS-39 Gripen qiruvchi samolyotidan tashlangan.

Hukumat bunday nostandart qarorga yong‘in Elvdalen shahriga yaqinlashib qolgani uchun qo‘l urishdi. Boz ustiga, ushbu shahar yaqinida harbiy poligon ham bor edi. Ma’lum bo‘lishicha, olovni o‘chirish operatsiyasi muvaffaqiyatli tugagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?