Yolgʻon vaʼdalar berib, oʻzgalar pulini oʻzlashtirayotgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

10:17 22 Avgust 2019 Jamiyat
70 0

Illyustrativ foto

Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Unga koʻra, poytaxt ichki ishlar organlariga 41 yoshli Feruza M. ariza bilan murojaat qilib, unda Yashnabod tumanida 2018-yil 7-may kunidan 2019-yil 10-may kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida 61 yoshli Muxabbat I. Feruzaga Olmazor tumanidagi uyini sotishni vaʼda qilganligini aytib oʻtgan. Ayolning yoshi katta boʻlganligi uchun shubhalanmasdan unga 14.000 AQSH dollarini berib yuborgan va u ayol vaʼdasini ustidan chiqmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

***

2018-yil may oyida Olmazor tumanida 29 yoshli Sarvar A. 27 yoshli Muxammadbobur R.ga “Kaptiva” rusumli avtomobilni 19.500 AQSH dollariga xarid qilishda yordam berishni vaʼda qildi. Buning uchun u Muhammadboburdan oldindan 18.000 AQSH dollarini olib, vaʼdasini ustidan chiqmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

***

Uchtepa tumani IIO FMBga 44 yoshli Marhabo K. ariza bilan murojaat qilib, tanishi 47 yoshli Bosit Gʻ. 2017-yil mart oyida unga 6 sotixlik yer maydonini 70.000 AQSH dollariga olib berishni vaʼda qilganligini bildirgan. Marhabo boʻlsa unga ishonib 70.000 AQSH dollarini berib yuborgan. Ammo Bosit Marhaboning ishonuvchanligidan foydalanib, uyni uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

***

2018-yil oktyabr oyida Chilonzor tumanida 28 yoshli Afzal M. oʻzini tanishi boʻlgan 31 yoshli Tojiboy X.ga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qildi. U oʻz xizmatlari uchun 5.400 AQSH dollarini olib, vaʼdasini ustidan chiqmasdan, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yubordi.

Ushbu holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?