“Yogʻochning boʻshini qurt yeydi. Boʻsh boʻlmanglar”. Ochilboy Ramatov Toshkent viloyatida yigʻilish oʻtkazdi

Arxiv foto
Nurafshon shahrida viloyat faollari, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Ochilboy Ramatov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur yigʻilish davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi, jarayonning borishi boʻyicha masʼullarning hisoboti tinglandi.
“Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan bir trillion yuz milliard soʻmni tiyin tiyinigacha maqsadli sarflashimiz kerak.
Yogʻochning boʻshini qurt yeydi. Boʻsh boʻlmanglar. Ayniqsa, davlatning yerini, binosini qachondir qop-qop vaʼda berib kimdir olgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ishlatmasdan kelayotgan boʻlsa, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish kerak. Kerak boʻlsa, qoʻlidan ish keladigan investorlar topamiz. Davlatimizning rivojlanishiga xalal berishga hech kimning haqi yoʻq!
Toshkent shahrini suv bilan taʼminlaydigan viloyatning oʻzida ichimlik suvi muammo boʻlsa, buni qanday tushunish mumkin?
Shuning uchun, davlat rahbari tomonidan viloyatga ajratilgan mablagʻ, eng avvalo, ichimlik suvi muammosini hal qilishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, yoʻlsozlik, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi kabi sohalar ham respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻni yoʻnaltirishda ustuvorlik kasb etadi.
Bu ishlarni bekamu koʻst amalga oshirish uchun viloyat rahbarlari atrofiga xalq, viloyat faollari birlashishi kerak”, dedi Bosh vazir oʻrinbosari oʻz soʻzida.
Shuningdek, mablagʻlarni sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqni xabardor qilib borish, jarayonning ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida, OAV bilan faol hamkorlik qilish tavsiya etildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: