O‘zbekiston tumani aholisini kafolatli ish bilan ta’minlash maqsadida Hukumat qarori qabul qilindi

10:39 20 Iyul 2018 Iqtisodiyot
426 0
Arxiv foto

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani aholisining bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 2018-2019 yillarda kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha jami 49 ta loyiha amalga oshiriladi.

Xususan, tumanda sement ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 750 kishi ish bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston tumanidagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan, foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkalari xatlovdan o‘tkazilib, keyinchalik yangi ish o‘rinlarini tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?