Yassi chuvalchanglar inson orqa miyasi bilan bogʻliq jiddiy jarohatlarni bartaraf etishda yordam berishi mumkin

17:58 01 Aprel 2019 Jamiyat
193 0

Hayvonot dunyosining ayrim vakillari kishini hayratga soluvchi regeneratsiya - qayta tiklanish xususiyatiga ega. Masalan, yomgʻir chuvalchangini ikkiga boʻlib tashlasa, u yashovchanlik qobiliyatini yoʻqotmasdan oʻzining oldingi holatiga osonlik bilan qayta oladi.

Olimlar uzoq yillardan buyon bu jonzotlar genomining aynan qaysi qismi bunday darajadagi samarali regeneratsiyani amalga oshirish imkonini berishiga javob topish yoʻlida izlanib kelar edi.

Harvard universitetidagi olimlar jamoasi yassi chuvalchang toʻliq genomining rekonstruksiyasiga bagʻishlangan yangi tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ular EGR nazorat genining faollashishini boshqarib turuvchi DNKning oʻziga xos qismini aniqlaganlar.

Faollashish paytida EGR shu paytgacha harakatsiz boʻlgan qayta tiklanuvchi genlarni ishga tushiradi. Shu tarzda, hatto teng ikkiga boʻlib yuborilganda ham, chuvalchangning tez va samarali regeneratsiya jarayoni boʻlib oʻtadi.

Olimlar yassi chuvalchanglardagi regeneratsiya mexanizmini anglash orqali insonlardagi orqa miya bilan bogʻliq jiddiy jarohatlar asoratlarini bartaraf etish usullarini ishlab chiqishga umid qilmoqdalar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?