Yashnobodda yongʻin natijasida bir kishi halok boʻldi

15:15 04 Mart 2019 Jamiyat
343 0

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan uyda sodir boʻlgan yongʻin bir kishining hayotiga zomin boʻldi. Bu haqda IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Manbada qayd qilinishicha, 2019 yilning 2 mart kuni soat 14:09 daqiqa oʻtganda Toshkent shahar IIBB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani Baku koʻchasi 204-uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar tushgan.

2 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari voqea joyiga soat 14:11da yetib borgan va koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 14:35da toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻinni oʻchirish vaqtida uy egasi B.A. ning jasadi topilgan. Yongʻin oqibatida uyning ichki va tom qismi 30 kv.m. maydonda yonib zararlangan. Yongʻindan uyning 60 kv.m. maydoni saqlanib qolingan.

Yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yongʻin sababi aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?