Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil toʻqnashdi. Haydovchilardan biri voqea joyida vafot etdi

19:21 23 May 2020 Jamiyat
164 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 23-may kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Qorasuv“ dahasi, 31-uy qarshisida haydovchi 1975-y.t. B.Y. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli, haydovchi 1995-y.t. S.A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli hamda haydovchi 1947-y.t. B.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga koʻra, toʻqnashuv natijasida, “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?