“Yashnobod” texnoparkining rezidenti Yevrokomissiya tomonidan moliyalashtiriladigan tender gʻolibi boʻldi

12:21 25 Sentyabr 2019 Jamiyat
149 0

“Yashnobod” texnoparkining rezidenti “City Light” MCHJ Yevropa Komissiyasi moliyalashtiradigan Drezden Texnika universiteti tomonidan oʻtkazilgan “Chiqindilarni qayta ishlash va bioenergiya ishlab chiqarish” tenderi tanlovida yutib chiqdi.

Loyiha bahosi 5 mln. Yevro boʻlib, rezidentimiz Germaniya, Belgiya, Shvetsiya, Fransiya, Finlyandiya, Chexiya, Avstriya kabi davlatlarning yirik ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyalari qatorida mazkur 5 mln. yevro qiymatli loyihaning teng huquqli hamkori va ishtirokchisiga aylandi. Loyihaning maqsadi bioyoqilgʻi (benzin, suyuq yoqilgʻi) texnik shakar, parchalanuvchi polietilenolish maqsadida texnik va agrar chiqindilarini qayda ishlovchi mobil uskunalarni yaratishdan iborat.

Joriy yilning oktyabr oyida Drezden texnik universiteti va Yevrokomissiya vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda. Loyiha muddati 36 oyni tashkil etadi va yangi tizimlarni ishlab chiqish,sinovdan oʻtkazish hamda baholash jarayonlaridan iborat boʻladi.

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?