“Yashil” yoʻlakdagi dron toʻxtatib qolindi

21:23 07 Oktyabr 2019 Jamiyat
122 0

Namangan xalqaro aeroportiga “Moskva-Namangan” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelib, “yashil” yoʻlak orqali harakatlangan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada uning yuklari ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining joriy yil 2-may kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan toʻldirilgan boʻlib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish boʻyicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?