Yarim millionga yaqin hoji Saudiya Arabistonidan qaytdi

11:16 23 Avgust 2019 Dunyo
157 0

Saudiya Arabistoni haj amalini ado etgan yarim millionga yaqin ziyoratchi mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. Bu haqda Azon internet nashri xabar berdi.

Pasport idorasining bildirishicha, qirollikning dengiz, havo va quruqlik chegaralaridan oʻtgan ziyoratchilar soni seshanba kuni ertalab holatiga koʻra 439 383 kishiga yetgan. Xususan, havo yoʻli orqali 370 796, quruqlik orqali 62 556, dengiz portlari orqali esa 6 031 ziyoratchi chiqib ketgan.

Saudiya Arabistoni Statistika bosh boshqarmasi maʼlumotiga qaraganda, bu yil ziyoratchilar soni 2 million 489 ming 406 nafarni tashkil etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?