Yaqin orada sayyoramiz tuprogʻi hosil bermay qoʻyadi — olimlar

22:16 16 Sentyabr 2020 Dunyo
349 0

Xalqaro olimlar guruhi tomonidan oʻtkazilgan sayyoramizning turli mintaqalaridan olingan tuproqlarning holati tahlil qilingan keng koʻlamli tadqiqotlar insoniyatning qishloq xoʻjaligi davrining oxirida yashayotganligini koʻrsatdi. Taxminlarga koʻra, yaqin orada sayyoramiz tuprogʻi hosil bera olmay qoladi.

Taʼkidlanishicha, Buyuk Britaniya, Xitoy hamda Belgiya olimlari tomonidan oʻtkazilgan tahlillar ishlov berilgan tuproqlarning 90 foizga yaqinining hosildorligi allaqachon pasayib ketganligini namoyish etgan.

Tadqiqot mualliflarining soʻzlariga qaraganda, endilikda tuproqlar eroziyaga uchrashi, bu esa choʻllanish, biologik xilma-xillikni yoʻqotish va butun ekotizimlarning degradatsiyasiga olib kelishi, agar yaqin kelajakda holat oʻzgarmasa, tez orada insoniyatga keng miqyosda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq global muammo tahdid solishi mumkin.

Angliyaning Lankaster universitetidan boʻlgan tadqiqotning yetakchi muallifi Jessika Devisning qayd etishicha, tuproq odamlar uni asrab-avaylashga odatlanmagan qimmatbaho boylik boʻlib, unga boʻlgan munosabatni oʻzgartirishning vaqti kelgan.

“Eroziya jarayonini sekinlashtirgan holda unumdorligini saqlash uchun tuproqning yuqori qatlamlarini tiklash boʻyicha bir qator chora-tadbirlarni koʻrishimiz lozim. Bugun dunyoda bu ishni amalga oshirish vositalar va bilimlar mavjud. Zero, tabiatni muhofaza qilish amaliyotini qoʻllash qishloq xoʻjaligidan yana bir necha ming yil foydalanishni kafolatlaydi”, — deydi Devis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?