Yaponlar ogʻriqni ham sezadigan robot-bola yasashdi

18:23 23 Fevral 2020 Dunyo
256 0

Foto: nanonewsnet.ru

Tinib-tinchimagan yaponlar bu safar ogʻriq his qila oladigan robot-bolani ixtiro qilishdi. Osaki universiteti olimlari avvaliga atrofdagi yengil teginishni, bosimni ham his qiladigan sintetik teri ixtiro qilishdi. Terining butun yuzasi sezgir datchiklar bilan qoplangan. Mana shunday sezgir teridagi ogʻriqni his qiluvchi nerv tizimi robot bolaning yuz ifodasiga biriktirildi. Yaʼni inson ogʻriq his qilganida, yuzida qanday ifoda paydo boʻlsa, robot-bola yuzida ham ogʻriqli ifodalar paydo boʻladi.

Ixtirochilar robot-bolani Affetto, deb atashdi. Bu “bolakay”ning xomaki varianti 2011-yilda Osaki universitetida ilk marta namoyish qilingan edi. Biroq u vaqtda bolaning faqat bosh qismi koʻrsatilgan. U kulishni, qovogʻini uyib olishi mumkin edi. Ammo keyinchalik bola boshiga skeletdan iborat tana ham biriktirildi. Tana ham sunʼiy sintetik teri bilan qoplangan.

Olimlarning fikricha, robot-bolani yaratishdan maqsadi insonlar bilan yana-da chuqur muloqot qila oladigan, reallikka yaqin robotlarni koʻpaytirish. Bunday robotlar vaqt oʻtib, odamlar bilan muloqot qila olishi, inson nimani his qilsa, ular ham oʻshani his qila olish qobiliyatiga ega boʻlishi mumkin. Affetto ham ana shu maqsadda yaratilgan robot-bolakay ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?