Yaponiyada jala tufayli 200 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, kamida 15 kishi halok boʻldi

21:02 04 Iyul 2020 Dunyo
181 0

Yaponiyada shanba kuni 200 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish toʻgʻrisida koʻrsatma berildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Kumamoto va Kagoshima prefekturalari aholisiga inson hayotiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid soladigan eng yuqori xavf haqida eʼlon qilish topshirildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Akishita (Kumamoto prefekturasi) shaharchasida daryolar toshishi tufayli kamida 13 kishi bedarak yoʻqolgan, 15 kishi halok boʻlgan.

Kyushu Electric Power maʼlumotlariga koʻra, kuchli yomgʻir tufayli Kumamoto prefekturasidagi 9000 ga yaqin uy elektrsiz qoldi.

Bosh vazir Sindzo Abe boshchiligida inqiroz shtab-kvartirasi tashkil etilgan. Unda olingan maʼlumotlar toʻplanib, tahlil qilinadi.

Yaponiya milliy meteorologiya boshqarmasi mamlakat janubi-gʻarbida misli koʻrilmagan yomgʻir yogʻib oʻtganini maʼlum qildi. Kumamoto prefekturasining baʼzi hududlarida kuniga 479,5 mm yomgʻir yoqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?