Yaponiyada ro‘y bergan tabiiy ofatlar qurbonlari ortyapti

12:43 09 Iyul 2018 Dunyo
405 0
Foto: meteoprog.ua

Yaponiyada kuzatilgan kuchli yomg‘ir va uning oqibatida kelib chiqqan tuproq ko‘chkilari hamda suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 62 kishiga yetdi.

Yana 45 kishi esa bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Kiodo axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumganlarning ko‘pchiligi Xonsyu oroli janubi-g‘arbidagi Xirosima va Sikoku orolidagi Exime viloyatlari aholisi vakillari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Kunchiqar yurtning janubi-g‘arbiy hududlarida surunkali kuchli yog‘ingarchilik boshlangandi. Ertasi kuni qator tumanlardagi uylarni suv bosdi.

Ushbu tabiiy ofat munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?