Yaponiyada bir juft xurmo 4800 dollarga sotildi

16:11 04 Dekabr 2018 Dunyo
347 0

Foto: LiveJournal

Yaponiyada shirin navli bir juft xurmo kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Oʻtgan yili xuddi shu turdagi ikkita xurmo mevasi qariyb 5000 ming dollarga sotilgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

Yaʼni 2017 yil 26 oktyabr kuni “tenkafubu” navidagi ana shunday bir juft meva 540 ming iyen(qariyb 4,8 ming dollar)ga xarid qilingan edi.

Yaponiya qishloq xoʻjaligi uyushmasining Gifu prefekturasi savdo boʻlimi vakili Ito Yosiyukining aytishicha, xurmolarning bunday qimmat narxda sotilishiga sabab ularga xos noodatiy shirin taʼmdir.

Agar oddiy xurmoda shakar miqdori(Briks shkalasi boʻyicha) 15-16 daraja boʻlsa, bu navda uning miqdori 18 darajaga tengdir.

Oʻtgan yil Matsuzakaya doʻkonida sotilganlarining shirinlik koʻrsatkichi esa 25 daraja(!) boʻlgan. Boz ustiga ularni isteʼmol qilish ham yoqimli. Sababi ular qattiq va yapon noklari kabi karsillaydi ham.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?