Yaponiya taʼlim tashkiloti Oʻzbekistonda universitet ochishni rejalashtirmoqda

18:54 15 Sentyabr 2020 Siyosat
97 0

Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi Gʻayrat Fozilov 15-sentyabr kuni «Yamanasi Gakuin» taʼlim kompaniyasi boshqaruvchilar kengashi aʼzosi J.Yamada bilan uchrashib, Oʻzbekistonda universitet ochish boʻyicha keyingi amaliy qadamlarni muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Uchrashuvda qonunchilik bazasini yaratish va Oʻzbekistonda universitet tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Universitet faoliyatining birinchi bosqichida biznes, amaliy texnologiyalar, aviatsiya va arxitektura boʻyicha bakalavr hamda magistr dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bunday tuzilma dastlabkisi boʻlib, keyingi muzokaralar jarayonida Oʻzbekiston tomoni bilan muhokama qilinadi va kelishib olinadi. Taklif etilayotgan mavzular va mutaxassisliklarni Oʻzbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlariga qarab kengaytirish koʻzda tutilgan.

Tadbir yakunida epidemiologik vaziyat yaxshilaganidan soʻng Yaponiya universiteti vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish va loyiha bilan bogʻliq barcha masalalarni muhokama qilishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?