Yaponiya 30 metr balandlikdagi sunamiga tayyorlanmoqda. Fukisima voqeasi takrorlanishi mumkinmi?

15:52 25 Aprel 2020 Dunyo
384 0

Yaponiyalik olimlar mamlakatning shimoliy-sharqiy sohillarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan 9 balli zilzilaning ehtimoliy oqibatlarini modellashtirishdi.

Tadqiqotlar Yaponiya hukumatining topshirigʻiga binoan oʻtkazildi, deb xabar beradi “TASS”.

Milliy universitetlarning bir qator mutaxassislari okean tubining tuzilishi, shuningdek, soʻnggi 6 ming yillikdagi sunamilar izlarini tahlil qilib, Xonsyu orolining shimoliy-sharqiy va Xokkaydo orolining shimoliy sohilida balandligi 29,7 metr boʻlishi mumkin sunami yuzaga kelishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Maʼlumot oʻnida, 2011-yilning 11-mart kuni Xonsyu oroli sohilidagi Miyagi prefekturasining sohilida Yaponiya tarixida yuz bergan 9 balli eng kuchli zilzila 40 metrdan yuqori boʻlgan sunamini keltirib chiqargan, natijada 18,4 ming kishi tabiiy ofat qurboniga aylangani. Bundan tashqari, sunami Fukusima-1 atom elektr stansiyasidagi kuchliportlashga sabab boʻlgandi.

Oʻshandan beri mamlakatning shimoli-sharqida yangi sunamidan himoya qilish uchun qirgʻoqlarni mustahkamlash boʻyicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?