Yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston qanchcha “inomarka” xarid qilgani maʼlum boʻldi

13:57 21 Avgust 2019 Jamiyat
94 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar-iyul oylarida umumiy qiymati 205,7 mln. dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 72 foiz yuqoridir.

Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar importidagi bunday oʻsish holati aynan yanvar oyidan boshlab qimmatbaho “inomarkalar”ni olib kirish tartibi yengillashtirilgani bilan bogʻliq. Gap shundaki, yanvardan boshlab, masalan, agar avtomobil 40 ming dollar va undan qimmat tursa, ishlab chiqarilganidan buyon ikki yildan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa, unga nisbatan nol qiymatida boj stavkasi va 20 foizlik aksiya soligʻi qoʻllanila boshlandi.

Oʻz navbatida elektromobillar olib kirish uchun ham nol qiymatda bojxona boji va aksiz soligʻi qoʻllanilmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yilning dastlabki olti oyida oʻzbekistonliklar 20 ta elektromobil va 600 ta mukofot sifatida berilgan avtomobillarni oʻz yurtlariga olib kelishgani haqida xabar bergandik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?