Yanvar-fevral oylarida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 9,7 foiz kam neft qazib olindi

14:43 13 Mart 2018 Iqtisodiyot
664 0
Foto: kommersant.uz

O’zbekistonda 2018 yil yanvar-fevral oylarida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2 foiz ko’p, ya’ni 205,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
O’z navbatida, dizel yoqilg’isi ishlab chiqarish 5,1 foiz tushib, 163,3 ming tonnani tashkil etdi. Mamlakatimizda ushbu davrda 121 ming tonna neft qazib chiqarildi. Bu o’tgan yilning shu davridagidan 9,7 foiz kamdir.
Aksincha, tabiiy gaz qazib chiqarish 6,5 foiz o’sib, 9,65 mlrd. kubometrgacha etkazildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yil yanvar-fevral oylarida 353,8 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarildi va bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 21,3 foiz ko’pdir.  

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?