Rossiya aviakompaniyasi Urganch, Buxoro va Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

18:10 06 Iyul 2018 Jamiyat
308 0
Foto: "Уральские авиалинии"

Rossiyaning “Уральские авиалинии”​ aviakompaniyasi Pulkovo (Sankt-Peterburg) aeroportidan Urganch, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, joriy yilning 2-23 oktyabr oralig‘ida seshanba kunlari “Sankt-Peterburg-Buxoro” yo‘nalishida Airbus320 samolyotlarida parvozlar amalga oshiriladi.

Shu davr ichida Airbus321 havo laynerlarida Urganchga reyslar boshlanadi.

11-25 oktyabr kunlari esa Sankt-Peterburgdan Farg‘onaga Airbus321 samolyotlarida parvozlar bajariladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?