Yangiyoʻldagi Makro supermarketida yongʻin sodir boʻldi

09:23 17 May 2019 Jamiyat
406 0

2019 yilning 16 may kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri, Samarqand koʻchasida joylashgan “Darvoza Savdo” MCHJga qarashli “Makro” savdo majmuasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlum qildi.

Yongʻin haqida xabar shahar Yongʻin xavfsizligi boʻlimining dispetcherlik xizmatiga soat 04:00da kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Yongʻin oʻchirish boʻlinmalari voqea joyiga soat 04:03 daqiqa oʻtganda yetib borgan va koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 04:09 daqiqa oʻtganda qurshab olinib, soat 04:19 da toʻliq bartaraf etilgan.

Natijada yongʻindan majmuaning 750 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻin oqibatida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv.metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.

Yongʻinni taxminiy sababi sifatida majmuadagi muzlatgichning elektr simlarida qisqa tutashuv boʻlgani aytilmoqda. Ayni vaqtda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?