Yangiyoʻl tumani kichik sanoat zonasi hududi kengaytiriladi

11:44 06 Sentyabr 2019 Jamiyat
77 0

Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasining Yangiyoʻl tumani kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga koʻra, Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida joylashgan davlat mulki obyektlari va ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tegishli roʻyxat boʻyicha Yangiyul tumani kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladi.

Qaror bilan, obyektlar Yangiyul shahar hokimligiga ularning balansida saqlovchilarning byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligini beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda - ularning keyingi soliq toʻlovlari boʻyicha hisob-kitob qilish evaziga berilishi;

obyektlarda tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish va ularning faoliyatini tashkil qilish Oʻzbekiston Prezidentining “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Ilovaga koʻra, “Biokimyo” AJning foydalanilmayotgan bino-inshootlari va yer maydoni, “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ hududini optimallashtirishdan boʻshaydigan yer maydoni va binolar, “Yangi sifat” MCHJ bino-inshootlari va yer maydoni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?