Yangibozorda yerni 5 ming dollarga “sotgan” firibgar ushlandi

10:56 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
122 0

Yangibozorda 200 kv2 metr yerni 5 000 AQSH dollariga “sotgan” firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.R. firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro N.B.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali xususiy tibbiyot muassasasi qurish uchun Yangibozor tumanidan 200 kv2 metr yer maydoni olib berishini vaʼda qilib, undan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlarti oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?