Parlament raisi chaqaloq bilan yigʻilishni oʻtkazdi(video)

17:25 23 Avgust 2019 Dunyo
274 0

Yangi Zelandiya parlament raisi Trevor Mallard qoʻlida chaqaloq bilan yigʻilishni oʻtkazdi.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini juda quvontirdi.

The Guardian yozishicha parlament yigʻilishi 21-avgustda oʻtkazildi. Unda 65 yoshli spiker Mallard yigʻilishda olti haftalik bolaga qaradi.

Mallardning soʻzlariga koʻra, chaqaloqning otasi - deputat xotirjam ravishda oʻz vazifasini bajarishi uchun buni amalga oshirdi.

Majlislar zalida turli qonunchilik tashabbuslari muhokama qilingan vaqtda parlament raisi bolani sutli aralashma bilan oziqlantirdi va u bilan oʻynadi.

“Odatda, spiker kursida faqat parlament raisi oʻtiradi, lekin bugun men bilan VIP-mehmon oʻtirdi. Oilani yangi aʼzosi bilan tabriklayman”, - deb yozdi Mallard Twitterʻ sahifasida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?