Yangi Zelandiya koronavirusdan holi orolni turizm markaziga aylantirmoqchi

21:59 10 Avgust 2020 Dunyo
369 0

Yangi Zelandiya shu yilning oxirigacha Kuk orollarida koronavirusdan holi boʻlgan “sayohat doirasi”ni tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10-avgust kuni mamlakat prezidenti Yakinda Ardern maʼlum qildi.

Ardernning soʻzlariga koʻra, hozirda karantindan holi boʻlgan sayohat zonasini yaratishning imkoni mavjud. Chunki Yangi Zelandiya va 10 mingdan kamroq odam istiqomat qiladigan Kuk orollari koronavirusning tarqalishini toʻxtatishga erishdi.

“Bizning taxminimizga koʻra, bu yer yilning oxirigacha sayyohlarni qabul qilishga tayyor boʻladi. Hozirda hammaning xohlayotgan narsasi turizm sohasining faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishdir”, dedi Ardern. Shuningdek, u amaldorlarni bu taklif boʻyicha shoshilmaslikka chaqirgan.

Besh millionta aholiga ega Yangi Zelandiyada koronavirusdan atigi 22 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda 100 kundan beri aholi orasida koronavirusga chalinish holati qayd etilmayapti. Kuk orollari esa aprelning oʻrtasida koronavirusdan holi hududga aylangandi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan avval Kuk orollariga tashrif buyuruvchilarning 60 foizini Yangi Zelandiyadan kelgan sayyohlar tashkil qilgan. Ardernning bu orollarda turistik markaz tashkil etish boʻyicha rejalaridan keladigan daromadning asosiy qismi aynan shu orollarda topilishi kutilmoqda.

Hozirda Yangi Zelandiyaga chetdan keladigan barcha odamlar 14 kunlik karantinga olinishi belgilab qoʻyilgan. Lekin Yangi Zelandiya ichidagi odamlar deyarli normal hayotdan zavq olib yashashmoqda. Bu mamlakatda ijtimoiy masofalanish qoidasi bekor qilingan, tomoshabinlarning sport musobaqalari va madaniy tadbirlarga kirishlariga ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?