Yangi turar joylar majburiy ravishda gaz hidini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi

11:56 14 Dekabr 2018 Jamiyat
355 0

Illyustrativ foto

Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga koʻra:

- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi;

- 2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

- yangi turar joylar IIB organlari bilan kelishilgan holda majburiy tarzda qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi;

- respublika mahallalarining xavfsizlik darajasi har chorakda reyting asosida baholanadi hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

- IIV Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yoʻnalishi qoʻriqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻlgan “Qoʻriqlash Servis” DUK tashkil etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan qoʻriqlov texnik vositalarini oʻrnatish va bepul texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?