Yangi tashkil qilingan Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasiga rahbar tayinlandi

11:54 25 Sentyabr 2018 Jamiyat
903 0

Rovshan Shavkatovich Izamov Hukumat qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bilan Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan edi.

Xalqaro standartlarga mos sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash Milliy palataning asosiy vazifasi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?