Yangi tartib kuchga kirdi: Rossiyaga qancha meva-cabzavot va gul olib kirish mumkin?

16:22 20 Avgust 2019 Jamiyat
97 0

Rossiyada 19-avgustdan chegaradan meva, sabzavot va gullarni olib oʻtishni tartibga soluvchi yangi tartib-qoidalar kuchga kirdi.

Yangi qoidalarga koʻra, endi Rossiyaga kirishda yoki mamlakatdan chiqishda yoʻlovchilar qoʻl yukida besh kilodan ortiq boʻlmagan miqdorda meva va sabzavotlarni olib kirishi mumkin boʻladi. Shuningdek, uch guldastadan koʻp boʻlmagan gullar olib kirishi yoki olib chiqishiga ruxsat etiladi, bunda har bir guldastada 15 tadan ortiq gul (barg yoki oʻsimlikning boshqa qismlari) olib oʻtishga ruxsat beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?