Yangi qurollanish poygasi boshlanadimi?

11:10 05 Avgust 2019 Dunyo
293 0

Arxiv foto

1987-yilda AQSH prezidenti Ronald Reygan va SSSR rahbari Mixail Gorbachev tomonidan imzolagan qisqa va oʻrta masofali yadroviy raketalar toʻgʻrisidagi bitim muddati tugab bormoqda.

AQSH va Rossiya uning muddatini qayta uzaytirish niyatida emas, deb yozadi BBC.

Bitim 500 va 5,000 kilometr oraligʻida ucha oluvchi raketalardan foydalanishni taqiqlaydi.

Shu yilning boshida AQSH va NATO Rossiyani yangi turdagi raketani sinovdan oʻtkazish orqali bitim shartlarini buzganlikda ayblab chiqqan edi. Rossiya ham narigi tomonga nisbatan oʻxshash ayblovlarni ilgari surib keladi.

Mudofaa sohasi tahlilchilari, agar bu bitim qayta uzaytirilmasa, u holda har ikki tomon yangi qurollarni ishlab chiqarishni jadallashtirishi va bu oʻz navbatida, yangi qurollanish poygasi boshlanib ketishiga turtki berishi ehtimolidan xavotir bildirmoqda.

Kuni kecha Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bitimning amal muddati tugashi munosabati bilan maxsus bayonot eʼlon qilishga vaʼda bergan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?