Yangi qurilayotgan “Humo Arena”da yongʻin chiqdi. Sabablari maʼlum qilindi

13:33 26 Dekabr 2018 Jamiyat
745 0

Arxiv foto

Toshkentning Beshyogʻoch va Afrosiyob yoʻllari kesishmasida barpo etilayotgan “Humo Arena” muz saroyida yongʻin kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 26 dekabr kuni soat taxminan 10:35da “Humo Arena” koʻp funksiyali muz saroyi yonidagi ombor sifatida foydalanilayotgan hududda yongʻin chiqqan. Yongʻinga elektr payvandlagich uskunasidan foydalanilayotganda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sabab boʻlgan.

Yongʻin natijasida bir necha qurilish materiallar yongan. Qancha miqdorda materiallar yongani xabar qilinmagan. Toshkent shahar IIBB YXB tomonidan 11:20ga qadar yongʻin toʻliq soʻndirilgan.

Hozirda koʻrilgan zarar miqdoriga oydinlik kiritilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?